“Barsa”: Pulingni olginda, jamoadan sur!

  • 30 sentabr, 2024, 17:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” jarohatlari tufayli jamoaga yordam bera olmayotgan Frenki de Yong bilan xayrlashish uchun chiqim qilishga ham tayyor.

Tecno

Niderlandiyalik pleymeyker Ispaniya chempionatida eng katta maosh oladigan o‘yinchi hisoblanadi.

Kataloniyaliklar anchadan beri undan qutilmoqchi bo‘lyapti. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Frenki de Yong agar klub uning oldida qarzdorligini to‘liq yopsa, yozda klubdan ketishga rozilik bergan.

Football Transfers nashrining ma’lum qilishicha, “Barselona” moliyaviy qiyinchiliklar tufayli o‘tgan davr davomida Frenkidan 18 million evro qarz bo‘lib qolgan. Aniqroq aytganda, Frenki de Yong koronavirus pandemiyasi davrida klubning moliyaviy ahvolini inobatga olib, maoshining bir qismini keyinroq to‘lanishiga rozilik bergan edi.

2019 yildan beri Kataloniya superklubi futbolchisi hisoblangan Frenki de Yongning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!