“Barsa” prezidenti birinchi supertransferni hal qildi

  • 14 mart, 2021, 17:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning yangi rahbari Joan Laporta “Manchester Siti” hujumchisi Serxio Agueroni Kataloniyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirgani haqida xabarlar tarqatilmoqda. Avvalroq, Laporta argentinalik hujumchiga shaxsiy shartnoma bo‘yicha taklif yuborgan edi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Aguero mavsum yakunlanishi bilan erkin agent sifatida “Barseona”ga ko‘chib o‘tadi. 32 yoshli hujumchi bilan kataloniyaliklar uch yillik shartnoma imzolaydi.  Bu bitim Laporta prezidentlik lavozimidagi o‘rnini rasman egallaganidan keyin rasmiylashtiriladi.

Ko‘pchilik, Laporta Agueroni jamoa sardori Lionel Messini ushlab qolish uchun olib kelganini aytmoqda. Biroq, yangi rahbar avvalgi prezident Bartomeudan farqli ravishda Leoni majburan olib qolmasligini bildirgan. Joan Laportaning fikricha, Messi klubda qolish masalasini o‘z ixtiyoriga ko‘ra hal qilishi kerak.

Prezidentlik saylovida saylovchilarga Lionel Messini nima qilib bo‘lsa ham olib qolishga va’da bergan Viktor Foyt Joan Laportaga yutqazib qo‘ygandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!