
“Barsa” parokanda bo‘ladi. “Bavariya” kataloniyaliklarning to‘rt yulduziga xaridor
Sport.es nashrining yozishicha, “Bavariya” rahbariyati moliyaviy inqirozdan chiqa olmayotgan “Barselona”ning to‘rt nafar o‘yinchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, myunxenliklar tajribali darvozabon Mark-Andre ter Shtegen, himoyachi Serjino Dest, yarim himoyachilardan Frenki de Yong va Pedriga xaridor bo‘lmoqda.
“Barselona” Lionel Messi ketganidan keyin barqaror o‘yin ko‘rsata olmayapti. Ronald Kuman jamoasi Chempionlar ligasi guruh bahslarida ketma-ket ikki uchrashuvda imkoniyatni boy berdi. Bundan tashqari, kataloniyaliklar ettinchi tur yakunlariga ko‘ra, 12 ochko bilan to‘qqizinchi pog‘onani egallab turibdi.
Klub prezidenti Joan Laporta harchand harakat qilmasin klubni moliyaviy inqirozdan olib chiqa olmayapti. Qolaversa, muxlislar bosh murabbiy Ronald Kuman o‘rniga boshqa mutaxassisni olib kelishni talab qilmoqda.
Fikrlar