
“Barsa” o‘zi qadrlamagan futbolchini qaytarmoqchi
“Barselona” rahbariyati “Betis” himoyachisi Xuan Mirandani ortga qaytarishga qaror qildi.
23 yoshli futbolchi aslida kataloniyaliklarning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq Xuan 2019 yili asosiy tarkibga qabul qilinmaganidan keyin uni “Shalke” ijaraga olgan edi.
Bir mavsumdan keyin Xuan Miranda yana asosiy jamoaga qo‘shila olmadi va hozirgi jamoasi “Betis”ga ijaraga jo‘natildi.
2021 yili bu himoyachi erkin agent sifatida “Betis” bilan to‘laqonli shartnoma imzolagandi. Endi mavsum oxirida ana shu kelishuv o‘z yakuniga etadi.
Himoya qizig‘ini kuchaytirishni istayotgan “Barselona” Xuan Mirandani yozda bepul o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Bu holatda ko‘p narsa futbolchining qanday qarorga kelishiga bog‘liq.
Fikrlar