
“Barsa” o‘zi qadrlamagan futbolchini qaytarmoqchi
“Barselona” rahbariyati yozda tarkibni kuchaytirish maqsadida hujumkor futbolchi Xavi Simonsni olib kelmoqchi.
Niderlandiyalik futbolchi aslida Kataloniya superklubi akademiyasidan chiqqan. Biroq Simons 2019 yili PSJ yoshlar jamoasiga erkin agent sifatida o‘tib ketgan edi.
Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan iste’dod egasi hamon Parij klubi a’zosi hisoblanadi. Parijliklar uni avval PSVga, keyin “Leyptsig”ga ijaraga berib yuborgan.
21 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda qatnashib, to‘qqizta gol va 15 ta assist qayd etdi.
Simonsning o‘zi ham “Barselona”ga qaytishni istayapti. U o‘zini grand klublarda sinab ko‘rmoqchi.
Fikrlar