“Barsa” o‘yinchisini qudratli klublar “hamlasi”dan qutqarish yo‘li topdi
“Barselona” himoyachisi Erik Garsiyaning klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi. Buni inobatga olgan Evropaning qator klublari ispaniyalik futbolchini olish harakatiga tushib qolgan.
Xususan, PSJ Erik Garsiyani Kataloniyadan olib ketish uchun ish boshlagani haqida ma’lumotlar tarqatilyapti.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Kataloniya klubi mutasaddilari Garsiyani jamoada olib qolish uchun u bilan tezkor ravishda muzokaralarni boshlab yubordi. 24 yoshli himoyachiga “Barselona” to‘rt yoki besh yillik shartnoma berishi kutilmoqda.
Klub xo‘jayinlari Erik Garsiya bilan muzokara boshlangani da’vogar jamoalar, xususan, “Pari Sen-Jermen” qiziqishini pasaytirishiga umid qilmoqda.
Erik Garsiya “Barselona”da 2021 yilning yozidan beri o‘ynayapti. Hozirga qadar barcha turnirlarda 131 marta maydonga tushib, hisoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari raqiblar darvozasiga ettita gol urib, jamoadoshlariga beshta golli pas uzatgan.



Fikrlar