
“Barsa”ning vunderkindi tarixda iz qoldirdi
Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasi turniri doirasida safar uchrashuvida Chexiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Ispanlarning ikki golidan biriga “Barselona” yarim himoyachisi Gavi mualliflik qildi.
Shu tariqa, bu vunderkind futbol tarixiga kirgan ko‘rsatkich qayd etdi.
Gavi bundan buyon Ispaniya terma jamoasida gol urgan eng yosh o‘yinchi hisobladi. Gavi shu kuni 17 yo1shu 304 kunlik edi.
Avvalgi rekord ham “Barselona” vakili Ansu Fatiga tegishli bo‘lib 2 2020 yili Ukraina darvozasini 17 yoshu 311 kunligida ishg‘ol qilgan.
Fikrlar