“Barsa” o‘nta yulduzini qoldirib ketdi

  • 31 iyul, 2024, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” yangi mavsumga tayyorgarlikni AQShda davom ettirmoqda. Biroq kataloniyaliklar xorijiy yig‘inga to‘liq tarkibni jamlay olmadi.

Umumiy hisobda asosiy tarkibning o‘n nafar futbolchisi jalb qilinmagan.

Evropa chempionati qahramonlari – Lamin Yamal va Ferran Torresga hordiq chiqarish uchun vaqt berildi. Ispaniya terma jamoasi safida Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan Pau Kubarsi, Fermin Lopes va Erik Garsiya ham AQShga taklif etilmadi.

Jarohat olgan o‘yinchilardan Ronald Arauxo, Gavi, Pedri, Frenki de Yong va Ansu Fati hali maydonga qaytgani yo‘q.

Bosh murabbiy Xans-Diter  Flik bu yo‘qotishlar o‘rnini iqtidorli yosh o‘yinchilar bilan to‘ldirdi. Xususan, Toni, Gile Fernandes, Noa Darvich va Mark Benal asosiy tarkib bilan shug‘ullanadi. Jamoadan ketishi kutilayotgan Vitor Roke, Kleman Lengle va Pablo Torre ham AQShga birga ketdi.

Tajribali charm to‘p ustalaridan Ilkay Gyundog‘an, Rafinya va Jyul Kunde jamoaga kechroq qo‘shiladigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!