
“Barsa” nimadan buncha xursand?
“Barselona” sport direktori Mateu Alemani jamoaning transfer siyosati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganidan mamnunligini bildirdi.
O‘tgan mavsumdan keyini bir necha futbolchisini qo‘yib yuborgan kataloniyaliklar o‘z safiga beshta futbolchini qo‘shib oldi.
Yozgi transfarlar oynasining oxirgi kunida “Barselona” portugaliyalik yulduzlar – Jaou Felish va Joau Kanseluni ijaraga olishni uddaladi.
Avvalroq, klubga erkin agent sifatida Ilkay Gyundog‘an va Inigo Martines kelib qo‘shilgandi. “Barselona” faqatgina Oriol Romeu transferiga badal puli to‘lagan xolos.
- Biz bixtiyormiz. Transfer kampaniyasi ajoyib bo‘ldi. Bu yozga mo‘ljallagan barcha maqsadlarimizga erishdik. Qiyinchilik doim bo‘ladi, biz esa yaxshi ishladik, - dedi Joau Alemani.
Fikrlar