“Barsa” murabbiyi sharmandali mag‘lubiyat sababini aytdi
Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichi beshinchi turida “Barselona” Londonda “Chelsi” mehmoni bo‘lib, kutilmaganda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
Mezbonlar kataloniyaliklar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilib, kuchli raqibni 3:0 hisobida engdi.
O‘yindan keyin “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik mag‘lubiyat sabablarini ochiqladi.
- Bizda hisobni ochish uchun yaxshi vaziyat yuzaga kelgan edi, biroq undan foydalana olmadik. Qizil kartochkadan keyin bunday kuchli raqibga qarshi uzoq muddat bir kishi kam bo‘lib o‘ynash juda qiyin. Yaxshi vaziyatlar ham bo‘ldi, biroq ular ko‘p emasdi.
Uchrashuvda to‘pni juda ko‘p yo‘qotdik va oddiy pas uzatishda ham xatoga yo‘l qo‘ydik. Buni tahlil qilib chiqmasa bo‘lmaydi.
“Chelsi” to‘pni ustalik bilan nazorat qiladigan jamoa. Bu bilan hisoblashish kerak, lekin taslim bo‘lish yaramaydi. Turnirda kuchli sakkizlikka kirish oson bo‘lmaydi, ammo biz oxirigacha kurashamiz, - dedi Xans-Diter Flik.
Uchrashuvning 27-daqiqasida Jyul Kunde o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Birinchi bo‘limning o‘zida Ronald Arauxo ikki marta sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi. Himoyadagi ahvol mag‘lubiyatga yo‘l ochdi.



Fikrlar