"Barsa" murabbiyi Messining ketishiga munosabat bildirdi
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa yulduzi Lionel Messining PSJ safiga o‘tib ketishi borasida fikr bildirdi:
– Messining ketgani haqidagi yangilikni eshitganingizda nimani his qildingiz?
– Bu jiddiy zarba bo‘ldi. Mavsum uchun barcha rejalar uning jamoadagi ishtirokini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan edi. Leo ham motivatsiyaga to‘la edi. Dunyoning eng yaxshi futbolchisini yo‘qotish judayam og‘riqli.
Biz nafaqat Messi, balki klub ramzini yo‘qotdik",-dedi niderlandiyalik murabbiy. Ma’lumot uchun, Leo kataloniyaliklar safidagi 17 yillik faoliyatidan keyin Parij klubiga o‘tib ketdi.



Fikrlar