“Barsa” murabbiyi alamli mag‘lubiyat sababini aytdi

  • 22 dekabr, 2024, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” Ispaniya chempionatining 18-turida o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida asosiy raqobatchilaridan “Atletiko Madrid”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Tecno

Uchrashuvdan keyin bosh murabbiy Xans-Diter Flikning yordamchisi mag‘lubiyatga sabab bo‘lgan omillarni sharhlab berdi.

- Bellashuvning so‘nggi daqiqalari umuman boshqacha stsenariyda kechdi. Biz juda ko‘p vaziyatlarni yaratdik, lekin gol ura olmadik. Bu juda alamli mag‘lubiyat bo‘ldi.

Menimcha, bu mavsumdagi eng zo‘r o‘yinlarimizdan biri bo‘ldi, ammo biz ochko ololmadik. Qo‘limidan kelgan barcha ishni qo‘llashga urindik, oxirigacha kurashdik. Bundan faxrlanishimiz kerak.

Bu bahsda raqib aniqroq harakat qildi va aynan mana shu mag‘lubiyatimizga sabab bo‘ldi.

“Atletiko” singari raqibga qarshi o‘ynaganida ikkinchi to‘pni kirita olmasang, bellashuvning oxirgi 15 daqiqasi juda qiyin kechadi. Aslida yaxshi himoyalanib turgandik, lekin so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib yubordik, - dedi Markus Zorg.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik avvalgi uchrashuvda qizil kartochka olgani uchun “Atletiko”ga qarshi bahsda jamoani Markus Zorg boshqarib bordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!