“Barsa” misli ko‘rilmagan transferni amalga oshirmoqchi

  • 5 sentabr, 11:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning top-ligalarida yozgi transferlar oynasi yopildi. Biroq ayrim grand klublar kelajak uchun turli transferlarni reja qilishga kirishdi.

Tecno

Xususan, Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” kelasi yoz uchun ikkita futbolchini transfer nishoni sifatida belgiladi.

Fichajes  va El Nacional kabi manbalarning yozishicha, kataloniyaliklar kelsi yili “Inter”dan 26 yoshli himoyachi Alessandro Bastonini olmoqchi. Shuningdek, “Atletiko” klubining 25 yoshli  hujumchisi Xulian Alvares ham Xans-Diter Flik jamoasini kuchaytirishi lozim.

Kataloniyaliklar bu ikki transfer uchun 180 million evro sarflashga tayyor. Bu summadan 80 million evro Bastonini olish uchun yo‘naltirilsa, Xulian Alvares uchun madrid superklubiga 100 million evro o‘tkazib berilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!