“Barsa” Messisiz o‘ynashni o‘rganib oldi

  • 29 noyabr, 2023, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” jamoani Lionel Messi tark etganidan buyon ilk marotaba Evropa Chempionlar ligasining guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Tecno

Kataloniyaliklar guruh o‘yinlarining beshinchi turida “Portu” ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi va bu g‘alaba Xavi Ernandes shogirdlarini muddatidan avval pley-offga olib chiqdi.

“Barselona” futbolchilari “Portu”, “Shaxtyor” va “Antverpen” bilan bir guruhdan joy olgan. Ispaniyaning amaldagi chempioni beshta uchrashuvdan to‘rttasida g‘alaba qozongan va bir marta mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi jamoani 2021 yili tark etgandi. Shundan beri kataloniyaliklar Chempionlar ligasida guruhda qolib ketayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!