
“Barsa” Messi va Inestani qaytaradi!
“Barselona” prezidenti Joan Laporta Lionel Messi va Andres Inesta kelajakda klubga kelishini ta’kidladi. Klub xo‘jayini bu gaplarni Dani Alveshning “Barselona”ga qayta qo‘shilgani munosabati bilan tashkil etilgan taqdimot marosimida aytdi.
- Messi va Inestaning ortga qaytishini hisobdan chiqarmayman. Dani bilan xuddi shunday bo‘ldi. Avval aytganimdek, yosh bu raqamlar xolos. Sizlar ikki buyuk futbolchi haqida so‘rayapsizlar. Men kelajakni bashorat qila olmayman. Lekin ularning ikkalasi hamon futbol o‘ynamoqda.
Ular doim biz bilan birga bo‘ladi, biroq ayni paytda boshqa jamoalar bilan shartnomaga ega. Hayotda nimalar bo‘lishini oldindan bilib bo‘lmaydi, - dedi Joan Laporta.
“Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Xavi bilan birga o‘ynagan Andres Inesta hozir Yaponiya chempionatida “Vissel Kobe”, 34 yoshli Lionel Messi PSJ sharafini himoya qilmoqda.
Fikrlar