“Barsa” menga to‘g‘ri kelmadi!
Portugaliyalik iste’dod egasi – Fransishku Trinkau “Barselona” bilan hamkorlikni to‘xtatmoqchi.
“Braga” klubi tarbiyalanuvchisi kataloniyaliklar bilan 2020 yilning avgustida besh yillik shartnoma imzolagan edi. Biroq, “Barselona” 22 yoshli o‘yinchiga asosiy tarkibdan muqim joy bermadi.
Trinkau “Barselona”ga o‘tganidan beri 42 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga uchta gol kiritdi va jamoadoshlariga ikkita golli pas uzatdi. Bundan qoniqmagan kataloniyaliklar joriy mavsum oldidan uni “Vulverxempton”ga ijaraga berib yubordi.
Trinkau Angliya jamoasida jami 26 ta uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.
Fransishkuning o‘zi ijara muddati tugasa, Kataloniyaga qaytmoqchi emas. U Portugaliyada to‘p tepishni istayapti. Hozircha, “Sporting” yosh o‘yinchini ijaraga olishni rejalashtirmoqda.



Fikrlar