“Barsa” maoshi katta yulduzini bepul qo‘yib yuboradi

  • 5 sentabr, 2020, 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati chililik yarim himoyachi Arturo Vidalni bepul qo‘yib yuborishga qaror qildi.

Tecno

Ronald Kuman yangi mavsumda yoshi katta futbolchilarni o‘ynatmaydigan bo‘lgan. Shu bois, Arturo Vidal ham o‘ziga jamoa topishi kerak. Lekin uni o‘z tarkibida ko‘rishni istayotgan jamoalar transfer uchun pul sarflashni istamayapti.

“Barselona” esa, bu o‘yinchining maoshini tejab qolish uchun uni bepul qo‘yib yubormoqda. 2018 yildan e’tiboran kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan Vidal jamoa safida Ispaniya chempioni va Superkubogi sohibi bo‘lgan.

Ayni paytda chililik futbolchiga “Inter” yiliga olti million evro maosh bilan ikki yillik sharnoma taklif qilmoqda.

Nihoyat, Grizmann “yorildi”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!