
“Barsa” kutilmagan yo‘lni tanladi
“Barselona” hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Atletiko” bilan hujumchi almashtirish variantini ishlab chiqmoqda.
Ma’lumki, aslida kataloniyaliklarga tegishli bo‘lgan Antuan Grizmann ijara asosida “Atletiko” sharafini himoya qilmoqda. Xavi frantsiyalik hujumchini Madridda qoldirishga qarshi emas.
Buning uchun madridliklar o‘zlariga kerak bo‘lmay qolgan Alvaro Moratani Kataloniyaga jo‘natishi talab etiladi. Morata anchadan beri ijara asosida “Yuventus”da o‘ynayapti.
Agar bu rokirovka amalga oshsa, har ikki klubham maqsadiga etadi.
Grizmann mavsum davomida 37 ta uchrashuvda sakkizta gol va oltita assist qayd etgan bo‘lsa, Morata 47 ta o‘yinda jami 11 ta to‘p kiritdi va sakkizta samarali pas berdi.
Fikrlar