“Barsa” Kuman o‘rniga pul to‘lab bo‘lsa ham yangi murabbiy olib keladi

  • 23 sentabr, 2021, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniya klubi rahbariyati Ronald Kuman o‘rniga bosh murabbiy topish ishlarini kuchaytirib yubordi.

Tecno

“Barselona”ni boshqarishga taklif etiladigan mutaxassislar qatorida Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines ham bor.

Klub prezidenti Joan Laporta Ronald Kuman oldiga sentyabr oyida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda “Granada”, “Kadis”, “Levante” va Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Benfika”ni mag‘lub etish vazifasini yuklagan edi. Kuman shogirdlari “Granada”ni engolmadi va durang o‘ynab ochko yo‘qotdi.

ROberto Martinesning Belgiya futbol federatsiyasi bilan amaldagi shartnomasi borligi uchun kataloniyaliklar 1,8 million evro miqdorida badal puli to‘lashi kerak bo‘ladi. Laporta bunga rozi bo‘lgan.

Ronald Kumanning kataloniyaliklar bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!