
“Barsa” katta transferdan voz kechdi
“Barselona” mutasaddilari yozgi transferlar vaqtida “Monako” yarim himoyachisi Oreen Chuamenini transfer qilish fikridan qaytdi.
Aslida kataloniyalikla 22 yoshli o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olishni juda istagan edi. Biroq jamoa moliyaviy inqirozdan chiqib keta olmayotgani tufayli “Monako” talab qilayotgan 60 million evroni to‘lay olmaydi.
Bosh murabbiy Xavi frantsiyalik futbolchi “Barselona”da Serxio Busketsning o‘rnini bosishiga va tayanch zonadagi ustunlikni ta’minlashiga ishonayotgan edi.
Orelen Chuameni joriy mavsumda milliy chempionatda 24 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga bittadan gol va assist yozdirib qo‘ydi. Iste’dodli yarim himoyachiga Angliyaning bir necha klubidan ham jiddiy takliflar bo‘lmoqda.
Fikrlar