
“Barsa” juda katta yulduzga “osilyapti”
“Barselona” xo‘jayinlari jamoaning hujum salohiyatini oshirishni mo‘ljallamoqda. Todofichajes nashrining yozishicha, kataloniyaliklarning nigohi “Inter” to‘purari Lautaro Martinesga qaratilgan.
Kataloniya klubi mutasaddilari tez orada muzokara boshlashga kirishmoqchi. Klub argentinalik jahon chempioni uchun 90 million evro atrofida mablag‘ taklif qiladi.
“Barselona” bir necha mavsum avval ham Lautaroni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan. O‘shanda milanliklar juda katta summa so‘ragan va Kataloniyaga borishni istagan Martines yana “Inter”da qolgandi.
Lautaro Martines hozir “Inter”ga ancha ko‘nikib qolgan va jamoaning asosiy yulduzi hisoblanadi. Uning shartnomasi 2026 yilning yozigacha davo etadi.
Fikrlar