“Barsa” jamoani Artetaga topshirmoqchi

  • 29 yanvar, 2024, 19:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha yildan beri “Arsenal”ni boshqarayotgan ispaniyalik mutaxassis Mikel Arteta “Barselona” mutasaddilari tomonidan bosh murabbiylikka nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi.

Tecno

The Sun nashrining yozishicha, “Barsa” sport direktori Deku Xavi Ernandesning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlarning agentlari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Ma’lumki, Xavi Ernandes jamoa o‘yinida o‘sish bo‘lmayotgani, rahbariyatda unga nisbatan ishonchsizlik uyg‘ongani va muxlislarning tanqidi ko‘payib borayotganini inobatga olib, mavsum oxirida bosh murabbiylikni topshirishga qaror qilgan.

“Barselona” xo‘jayini Joan Laporta Xavining qarorini qabul qilgani aytilmoqda. Ayni paytda mutasaddilar bosh murabbiylikka bir necha mutaxassislarni o‘rganib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!