
“Barsa” jamoa yulduzini so‘ragan Gvardiolaga javob qaytardi
“Manchester Siti” mavsum oxirida klub tark etadigan Kevin de Bryuyne o‘rniga yangi ijrochi qidirmoqda. “Shaharliklar”ning ro‘yxatiga bir nechta mahoratli futbolchilar nomi kiritildi.
Ular orasida “Barselona”ning noyob iqtidorga ega yulduzi Pedri ham bor. Xosep Gvardiola bu o‘yinchi belgiyalik pleymeykerning o‘rnini to‘liq bosa olishiga ishonmoqda.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, Kataloniya superklubi rahbariyati “shaharliklar”ning qiziqishiga javob qaytardi va Pedri hech qanday vaziyatda ham sotilmasligini uqtirdi.
Pedri aslida “Las-Palmas” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Barsa” uni 2019 yili 23 million evroga transfer qilgan va bir yil “Las-Palmas”da qoldirgan.
2020 yili “Barselona” asosiy tarkibiga qabul qilingan Pedri bugungi kunda jamoaning eng muhim o‘yinchilaridan biriga aylandi.
Transfermarkt portali ekspertlari 22 yoshli futbolchini 120 million evroga baholamoqda.
Fikrlar