“Barsa” ijarada yurgan futbolchilaridan norozi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” mavsum boshlanishidan avval boshqa klublarga ijara yuborgan o‘yinchilarining ahvolidan norozi. Klub mutasaddilariga ijaradagilar o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olmayotgani yoqmayapti.
Xususan, asosiy tarkibga kira olmagan Ansu Fati Frantsiya chempionatiga jo‘natilgan edi. “Monako”dagi mavsumni yorqin boshlagan hujumkor futbolchi qisqa fursatda Liga 1 to‘purarlari ro‘yxatida peshqadamga aylandi.
Ammo uning sermahsul seriyasi tez yakunlandi. Fati oxirgi oltita o‘yinda raqiblar darvozasiga birorta to‘p kirita olmadi.
Mundo Deportivo ma’lumotlariga ko‘ra, “Barsa” mutasaddilari Ansu Fati ijarada etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti, deb hisoblashmoqda.
Xuddi shu holat darvozabonlar Inyaki Penya (“Elche”) va Ander Astralaga (“Granada”), shuningdek, o‘ng qanot himoyachisi Ektor Fortga (“Elche”) ham tegishli. Ularning ham ijara jamoasi asosiy tarkibida doimiy o‘rni yo‘qligi kataloniyaliklarning xafsalasini pir qilmoqda.



Fikrlar