
“Barsa” hujum chizig‘iga yangi yulduzni olib keladi
Joriy mavsum yakunlanganidan keyin “Barselona” tarkibida muayyan o‘zgarishlar bo‘lishi kutilyapti. Xususan, kataloniyaliklar hujumkor futbolchilardan Usmon Dembele va Rafinyani sotib yuborishi mumkin.
Klub mutasaddilar har ehtimolga qarshi ularning o‘rniga boshqa hujumchi topib qo‘ydi. TodoFichajes nashrining yozishicha, kataloniyaliklar senegallik forvard Sadio Maneni nishonga olgan.
Mane o‘tgan yozda “Liverpul”dan “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgandi. Yaqinda bu futbolchi jamoadoshi Leroy Sane bilan mushtlashganidan keyin myunxenliklar undan qutilishga qaror qilgan.
Manbaning ta’kidlashicha, “Barselona” rejalashtirilayotgan transfer bo‘yicha “Bavariya” mutsaddilariga murojaat qilgan. Ular 31 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish majburiyati bilan kelasi mavsum ijaraga olmoqchi.
Fikrlar