“Barsa” hali Suaresni ko‘p qo‘msaydiganga o‘xshaydi

  • 26 sentabr, 2020, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kumanga kerak bo‘lmagani uchun klubni tark etib, “Atletiko”ga ko‘chib o‘tgan Luis Suares gol+pas tizimida o‘tkazgan o‘yinlari sonidan ko‘proq ochko to‘plagan ekan.

Tecno

Statistika mutaxassislarining ma’lum qilishicha, urugvaylik hujumchi “Barselona” tarkibida 283 ta o‘yinda maydonga tushib, jamoasining 295 ta golida bevosita ishtirok etgan. Luis bu uchrashuvlarda raqiblar darvozasini 198 marta ishg‘ol qilgan. Shuningdek, jamoadoshlariga jami 97 marotaba golli pas uzatgan.

Suares “Barselona”ga 2014 yili “Liverpul”dan taklif etilgan edi. Bungacha tajribali hujumchi “Ayaks”, “Groningen” va “Nasonal” kabi jamoalarda  to‘p surgan. U 2007 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga jalb etilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!