
Messi haliyam “Barsa”dan pul olib turibdi
Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi o‘zi porlagan “Barselona”ni tark etganiga bir necha yil bo‘ldi.
Argentinalik yulduz faoliyatining katta qismini shu jamoada o‘tkazib, 2003-2021 yillar Kataloniya superklubi sharafini himoya qilgan.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, “Barselona” hamon Messiga maosh to‘lashda davom etmoqda. Xuddi Messi kabi klubdan ketgan Jordi Alba va Serxio Buskets ham klubda qolib ketgan haqlarini muntazam olib turibdi.
Manbaning ta’kidlashicha, “Barselona” mutasaddilari joriy yil oxiriga borib, sobiq o‘yinchilar oldidagi qarzlaridan to‘liq qutilishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi Kataloniyani tark etganidan keyin ikki mavsum PSJda to‘p tepdi va 2023 yilning yozidan beri “Inter Mayami”da o‘ynayapti.
Fikrlar