“Barsa” Gvardiolani transferga ko‘ndirdi

  • 22 sentabr, 2020, 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati klubda tarbiya topgan Erik Garsiyani “Manchester Siti”dan qaytarib sotib oladigan bo‘ldi.

Tecno

Bu transfer uchun kataloniyaliklar 18 million evro xarajat qiladi. Boshida “Barsa” Garsiya uchun 8 million evro taklif qilib, rad javobini olgandi. Qolaversa, bosh murabbiy Xosep Gvardiola ham ispaniyalik himoyachini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lmayotgan edi. 

Yangi bosh murabbiy Ronald Kuman himoya to‘rtligida Jerar Pike, Kleman Langle, Ronald Arauxo va 19 yoshli markaziy himoyachi Erik Garsiyani o‘ynatmoqchi.

O‘z navbatida, “Manchester Siti” rahbariyati Erik Garsiyaning o‘rniga munosib nomzod topganidan keyingina ispaniyalik futbolchini yurtiga qaytarib yuboradigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!