“Barsa” futbolchisining burnini sindirishdi

  • 6 noyabr, 14:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining to‘rtinchi turida “Barselona” futbolchilari Belgiyada “Bryugge” jamoasi mehmoni bo‘lib, safardan 3:3 hisobidagi durang bilan qaytdi.

Tecno

Ushbu bahsda kataloniyaliklar safida boshlang‘ich tarkibda o‘ynagan himoyachi Erik Garsiya uchrashuvdan keyin jurnalistlar bilan suhbatda burni zarbadan singan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Jurnalist Viktor Navarroning ma’lum qilishicha, Erik Garsiya qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganida haqiqatan burni singani aniqlandi. Barselonaga qaytgan futbolchi ayni paytda himoya maskasidan foydalanmoqda.

24 yoshli Erik Garsiya “Barselona” va “Manchester Siti” tizimida tarbiyalangan. Professional faoliyatini 2019 yili Xosep Gvardiola qo‘l ostida boshlagan.

2021 yili erkin agent maqomida “Barselona”ga qaytdi. Mohir himoyachi orada bir mavsum “Jirona”ga ijaraga berilgan edi. Hozirgi paytda Erik Garsiya jamoaning asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!