“Barsa” futbolchisiga uchta klub xaridor

  • 24 avgust, 2021, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” o‘yin uslubiga moslashib keta olmagan pleymeyker Miralem Pyanich A Seriyaga qaytishi kutilmoqda.

Tecno

Bosniyalik yarim himoyachi 2020 yilning yozida “Yuventus”dan olib kelingan edi. Biroq, Miralem Ispaniya chempionatida o‘zini etarli darajada ko‘rsata olmadi.

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman 31 yoshli futbolchini jamoadan ketishi kerak bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritgan. Unga ayni paytda uchta jamoadan taklif bo‘lmoqda. “Yuventus” anchadan beri Pyanichni qaytarmoqchi bo‘lyapti. “Fiorentina” ham tajribali o‘yinchiga imkon bermoqchi.

“Napoli” esa Miralemni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olish bo‘yicha ish boshladi.

Professional faoliyatini 2007 yilda boshlagan Pyanich Frantsiya chempionatida “Mets” va “Lion”, Italiyada “Roma” va “Yuventus” sharafini himoya qilgan.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!