“Barsa” futbolchisi supertaklifni rad etdi
“Barselona” himoyachisi Erik Garsiyada faoliyatini Frantsiya chempionatida Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen”da davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lgandi.
Biroq 24 yoshli futbolchi parijliklarning taklifini rad etdi va faoliyatini Kataloniyada davom ettirish qarori qat’iy ekanini ma’lum qildi.
Insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, ispaniyalik futbolchi nafaqat PSJ, balki Italiya A Seriyasining bir necha klublarining ham chorlovini qabul qilmadi.
Manbaga ko‘ra, tez orada Erik Garsiya klub bilan hamkorlik shartnomasini yangilashi kutilyapti. Chunki amaldagi kelishuv 30 iyun kuni yakunlanadi. Yangi bitim esa 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan bo‘ladi.



Fikrlar