“Barsa“ futbolchisi jamoadan ketishni istayapti

  • 18 fevral, 2022, 22:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona“ futbolchisi Serxi Roberto klub bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. U boshqa jamoalardan keladigan takliflarni ko‘rib chiqmoqchi. 

Tecno

Ayni paytda unga “Manchester Siti“, “Arsenal“ va “Real Sosedad“ jiddiy qiziqish bildirmoqda. 30 yoshli futbolchining qaysi klubga o‘tishi hozircha noma’lum.

“El Nacional“ nashriga ko‘ra, himoyachi dastlab katalon klubi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi bo‘lgan. Biroq keyin u qarorini o‘zgartirgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Serxi Roberto joriy mavsum La Liganing 9 uchrashuvida 2 gol va 1 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!