
“Barsa” futbolchilari puldan voz kechmadi
“Barselona” rahbariyati pandemiya tufayli klubning moliyaviy zararini kamaytirish maqsadida futbolchilarning maoshini pasaytirishga qaror qilgan edi. Rahbariyatning bu rejasi ish bermadi.
Uch nafar futbolchi - Mark-Andre ter Shtegen, Frenki de Yong va Kleman Langledan boshqa futbolchilar maoshlarini kamayishiga rozi bo‘lmadi va norozilik bo‘yicha tegishli hujjatlarni imzolab berdi.
Endi Kataloniya klubi xo‘jayinlari shartnomalarda ko‘rsatilgan summalarni to‘lashni vaziyat barqarorlashmagunicha kechiktirib turishni so‘ramoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, pandemiya ta’sirida klub daromadlari o‘ttiz foizga (203 million evro) kamayib ketgan ekan.
Fikrlar