
"Barsa" Felishning o‘yinidan hayratda
"Barselona" Joau Felishning klubga moslashuvidan hayratda. Bu haqda "Gbsans" nashri xabar bermoqda.
Maydondagi ajoyib o‘yinidan tashqari, uning kiyinish xonasidagi va mashg‘ulotlardagi fidoyiligi, barcha ko‘rsatmalarni o‘rganish moyilligidan "ko‘k-anorranglilar" ustozi Xavi hayratda.
Shuningdek, uning assistentlik qobilyati ham jamoaga foyda keltirmoqda. Rafinya va Felish kabi qanot futbolchilari Levandovskining ko‘p gol urishiga yordamlishishi klubdagilar tomonidan taxmin qilinmoqda.
Fikrlar