
“Barsa” Dibalani Levandovski bilan raqobatlashishga chaqirdi
“Barselona” yozgi transferlar vaqtida oldingi chiziqni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Xavi Ernandesga hujumda Robert Levandovski bilan raqobatlasha oladigan ijrochi kerak.
Shu bois, ispaniyalik mutaxassis o‘z jamoasiga “Roma” etakchisiga aylangan Paulo Dibalani olib kelmoqchi.
Argentinalik jahon chempioni xizmatlariga “Bavariya” va “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirmoqda.
Dibala joriy mavsumda rimliklar safida jami 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 13 marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar