
"Barsa" Busketsga o‘rinbosar topdi
"Vulverxemton" yarim himoyachisi Ruben Nevesh "Barselona"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda "Sport.es" nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Kataloniya klubi Serxio Buskets o‘rniga portugaliyalik futbolchini xarid qilmoqchi. Kelgusi yozda Serxio "Barsa" safini tark etish ehtimoli yuqori, shu bois, klub unga o‘rinbosar topishni maqsad qilgan.
"Barselona" o‘tgan yozda Neveshni sotib olishni ko‘rib chiqdi, ammo "Vulverxempton" bilan kelisha olmadi va muzokara to‘xtab qoldi. Ma’lumot o‘rnida, futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikrlar