“Barsa”: Bunaqasi 100 yilda bir bo‘ldi!

  • 7 noyabr, 2024, 12:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” Ispaniyaning eng murosasiz jamoasiga aylanib bormoqda. Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichi to‘rtinchi turida “Tsrvena Zvezda”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv kataloniyaliklar uchun yana bir tarixiy ko‘rsatkich keltirdi.

Tecno

Belgraddagi uchrashuvda 5:2 hisobida zafar quchgan Xans-Diter Flik shogirdlari qatoriga 30 ta uchrashuvda birorta ham durang natija qayd etmadi. “Barsa” bu o‘yinlar davomida yo g‘alaba qozongan, yoki mag‘lub bo‘lgan, lekin ochko bo‘lishmagan.

Jurnalist Aleksis Blaskesning ta’kidlashicha, bu ko‘rchatkich “Barselona” tarixida ilk bor 97 yil muqaddam kuzatilgan va endi takrorlandi. Agar “Barselona” keyingi uchrashuvda ham durang o‘ynamasa, unda yangi rekord o‘rnatiladi.

“Barselona” futbolchilari so‘nggi bor sakkiz oy muqaddam – 3 mart kuni safarda “Atletik” bilan bo‘lgan bahsda durang natija qayd etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!