
“Barsa” bu transferni ko‘tara olmaydi
Taniqli jurnalist Jerard Romeroning ma’lum qilishicha, “Chelsi” himoyachisi Ris Jeymsni ispan grandlari – “Real” va “Barselona” o‘z safida ko‘rmoqchi.
Manbaning ta’kidlashicha, kataloniyaliklar Ris Jeyms yordamida o‘ng qanot himoyachisni mustahkamlashni reja qilmoqda. Madridliklardan farqli ravishda “Barselona”da moliyaviy inqiroz davom etyapti.
Ris Jeyms Angliyaning eng qimmatbaho o‘yinchilaridan hisoblanadi. Uning transfer narxi 70 million evroga teng. Kataloniyaliklar bu summani ko‘tara olmaydi.
“Barselona” mutasaddilari Jeyms transferini 50 million evroga amalga oshirishga urinyapti. “Aristokratlar” 23 yoshli tarbiyalanuvchisini uzoqroq muddat o‘z safida olib qolmoqchi. Rahbariyat o‘yinchiga 2028 yilning yarmigacha javom etadigan yangi bitim bermoqchi.
“Barselona” bosh murabbiyi Xvi Ernandes Ris Jeyms bilan shaxsan gaplashib, uni Londondan Kataloniyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishiga ishonmoqda.
Fikrlar