“Barsa” o‘zi tarbiyalagan o‘yinchidan yuz o‘girdi

  • 9 may, 2022, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati “Arsenal”ga tegishli bo‘lgan Ektor Belerinni qayta sotib olish huquqidan voz kechdi. Belerin ayni paytda ijara asosida Ispaniyaning “Betis” jamoasi sharafini himoya qilyapti.

Tecno

Belerinni 2003 yili kataloniyaliklar kashf qilgan. Ektor yosh bo‘lishiga qaramay, 2011 yili “Arsenal”ga o‘tib ketgandi. Kataloniyaliklar uni qayta sotib olish huquqini saqlab qolgan. Londondagi o‘n yillik faoliyatidan keyin “kanonirlar” himoyachisi “Betis”ga ijaraga berib yubordi.

Belerin ispan klubiga qo‘shilganidan keyin 31 ta uchrashuvda qatnashib, jamoadoshlariga beshta golli pas uzatdi.

27 yoshli himoyachining “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi. Uning transferi 20 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!