
“Barsa”: Bu futbolchilar umuman sotilmaydi!
“Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bo‘lajak mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Germaniyalik mutaxassis yangi loyihani amalga oshirishda qaysi futbolchilarga suyanishi haqida aniq fikrga keldi.
Sport.es nashrining yozishicha, bir necha o‘yinchiga yozga qanday taklif bo‘lishidan qat’i nazar, ular Kataloniyada qoladi.
Manbaga ko‘ra, murabbiylar shtabi olti nafar ijrochi – darvozabon Mark-Andre ter Shtegen, himoyachi Pau Kubarsi, yarim himoyachilar Gavi, Pedri, Fermin Lopes va hujumkor futbolchi Lamin Yamalga suyanadi.
Qolgan har qanday o‘yinchi bo‘yicha yaxshi takliflar ko‘rib chiqilishi aytilmoqda.
Fikrlar