
“Barsa”: Bu futbolchi sotilmaydi!
“Everton” yozgi transferlar mavsumida “Barselona” markaziy himoyachisi Ronald Arauxoni olishga jidiy bel bog‘lagan. Ana shu maqsadda, kataloniyaliklarga rasmiy transfer so‘rovi ham yuborildi.
Biroq, “Barselona” rahbariyati Ronald Kuman qo‘l ostida jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylangan 22 yoshli urugvaylik futbolchini qo‘yib yubormasligini bildirdi.
Ronald Arauxo joriy mavsumda barcha turnirlar 29 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
“Barselona” bu futbolchini sotish uchun uning o‘rnini munosib tarzda bosa oladigan futbolchi topishi kerakligini ham ta’kidlamoqda. Shuningdek, Ronald Kuman jamoasiga yozda “Manchester Siti” himoyachisi Erik Garsich keladi. Kataloniyaliklar uni frantsiyalik Samyuel Umtiti o‘rniga o‘ynatmoqchi.
Fikrlar