“Barsa” bitta o‘yindan 8 million evro ishlab olishi mumkin

  • 8 noyabr, 06:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol olamidagi eng mashhur klublardan hisoblangan “Barselona”ning muxlislarini dunyoning istalgan burchagidan topish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Tecno

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, kataloniyaliklar boshqa qi’alarda ko‘rkazmali uchrashuvlar o‘tkazish orqali klub g‘aznasiga qo‘shimcha daromad tushirish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Manbaga ko‘ra, ana shunday o‘rtoqlik o‘yinlaridan birini Peruda tashkillashtirish masalasi ko‘rib chiqilyapti. Ayni paytda “Barselona” mutasaddilari Janubiy Amerikadagi hamkorlari bilan tashkiliy masalalarda muzokara qilyapti.

Birgina o‘rtoqlik uchrashuvi  kataloniyaliklarga 7-8 million evro keltirishi aytilmoqda.

“Barselona” bir necha yillardan beri moliyaviy inqirozni barataf etish va klub iqtisodiyotining barqarorligini ta’minlash yo‘llarini qidirib keladi. Klubning moliyaviy ahvoli istalgan o‘yinchini transfer qilish imkonini bermaydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!