
“Barsa” birinchi transferni hal qildi
“Barselona” yozga mo‘ljallangan birinchi transferni masalasida yakuniy qarorga keldi.
Xavi Ernandes bosh murabbiyligini davom ettirishi hal etilganidan keyin bor e’tibor yozgi transferlarga qaratiladi. Birinchilardan bo‘lib, tayanch hududni ushlab tura oladigan futbolchi olinadi.
Kataloniyaliklar bu pozitsiyaga “Betis” yarim himoyachisi Gvido Rodrigesni tanladi.
SPORT nashrining ma’lum qilishicha, “Barselona” mutasaddilari 30 yoshli futbolchini erkin agent sifatida qo‘lga kiritish uchun muzokaralarni boshlab yubordi.
Gvidoga joy ochish uchun murabbiylar shtabi Oriol Romeuning ketishiga ruxsat beradigan bo‘ldi. Bu o‘yinchiga “Jirona” da’vorgarlik qilmoqda.
Fikrlar