
“Barsa” bir o‘yinchi uchun uch nafar yulduzidan voz kechishga tayyor
“Barselona” yozgi transferlar davrida Bilbaoning “Atletik” jamoasidan Niko Uilyamasni olib kelmoqchi.
Kataloniya klubi hali ham moliyaviy ahvolini o‘nglab olmagani uchun transferlarga istalgancha pul sarflay olmaydi.
Cadena Ser nashri jurnalisti Santi Ovalening ma’lum qilishicha, “Barselona” 21 yoshli hujumkor futbolchini olish uchun uch nafar o‘yinchisidan voz kechishni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yong, braziliyalik hujumkor futbolchi Rafinya hamda urugvaylik markaziy himoyachi Ronald Arauxoni qo‘yib yuborishga qaror qilgan.
Yakunlangan mavsumda “Atletik” safida 37 ta uchrashuvda sakkizta gol va 17 ta assist muallifi bo‘lgan Niko Uilyams Transfermarkt portali tomonidan 60 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar