"Barsa" bir jamoaning ikki himoyachisi bilan shartnoma imzolash arafasida

  • 5 fevral, 2022, 16:09
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" mavsum so‘nggida "Chelsi"ning ikki himoyachisini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. 

Andreas Kristensen va Sezar Aspilikueta kabi futbolchilarning amaldagi klubi bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi va "ko‘k-anorranglilar" bundan foydalanib qolmoqchi. 

Kataloniyaliklar uchun himoya chizig‘ini kuchaytirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Klub erkin agent futbolchilar bilan shartnoma imzolash orqali byudjetning katta qismini markaziy hujumchiga ajratmoqchi. 

Ayrim xabarlarga ko‘ra, "aristokratlar" sardori "Barsa" bilan allaqachon 3 yillik shartnoma borasida kelishib olgan. 

Shuningdek, daniyalik himoyachiga kataloniyaliklar taklif bilan chiqdi va uning javobini kutmoqda. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!