"Barsa" bilan og‘zaki kelishuvga erishgan himoyachi "Chelsi"ga o‘tish arafasida

  • 21 iyul, 2022, 01:02
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini "Chelsi" safida davom ettirishi mumkin. 

Taniqli insayder Fabritsio Romano bergan xabarga ko‘ra, "aristokratlar" frantsiyalik futbolchi uchun 55 million funt sterling taklif qildi. Muzokaralar hamon davom etmoqda. 

Avvalroq, u "Barselona" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabarlar chiqqandi. Shunday bo‘lsa-da, "Chelsi" andalusiyaliklarga moliyaviy tomondan manfaatliroq taklif bilan chiqmoqda. 

23 yoshli o‘yinchining o‘zi "ko‘k-anorranglilar" safiga o‘tishni istamoqda. Biroq "Barsa" u uchun kurashda yutqazsa, Jyul katta ehtimol London klubiga yo‘l oladi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!