“Barsa” Bellingemni asr rekordiga sababchi bo‘ldi

  • 27 oktabr, 10:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining o‘ninchi turidan o‘rin olgan “el-klasiko”da “Real” futbolchilari amaldagi chempion “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Kataloniyaliklar darvozasiga kiritilgan ikkala to‘pda Jud Bellingemning hissasi bo‘ldi. Avvaliga Kilian Mbappeni assist bilan ta’minlagan angliyalik yarim himoyachi keyin g‘alabani golini kiritdi.

Shu tariqa, Jud Bellingem  XXI asrda “Barselona”ga qarshi uchrashuvda ham gol urgan, ham assist qayd etgan “Real”ning eng yosh futbolchisi sifatida yangi rekord o‘rnatdi.

“El-klasiko” paytida Jud Bellingem 22 yoshu 119 kunlik edi.

Opta statistika markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, avvalgi rekord madridliklarning braziliyalik legioneri Vinisius Juniorga tegishli bo‘lgan. Vini 2023 yili “Barsa” darvozasini ishg‘ol qilib, golli pas ham uzatgan paytda 22 yoshu 267 kunlik bo‘lgan. Vinisius bu natijani qayd etganida Bellingemdan 148 kunlik katta edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!