"Barsa" asosiy yulduzlaridan birini 90 millionga sotmoqchi

  • 12 aprel, 19:11
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" joriy mavsumda super formada va klub trebl yutish imkoniga ega. “Ko‘k-anorranglilar” safida porlayotgan futbolchi va "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblangan Rafinya yozda jamoani tark etishi mumkin.

Tecno

Kataloniya radiosi efirida jurnalist Xavi Kampos bergan ma’lumotga ko‘ra, Rafinya klubda “tegib bo‘lmaydigan” futbolchilar qatoriga kirmaydi. Kamposning aytishicha, “Barselona” sport direktori Deku braziliyalik vingerni 80–90 million evro evaziga sotishga tayyor.

Avvalroq, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Rafinyani o‘z jamoasida ko‘rishni istayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Joriy mavsumda 28 yoshli braziliyalik hujumchi 28 ta gol va 22 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!