“Barsa” ashaddiy raqib – “Real” kutayotgan o‘yinchini olib ketadi

  • 26 iyul, 16:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning Angliya chempionligini qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shgan frantsiyalik himoyachi Ibrohim Konate Ispaniyaning ikki grandi o‘rtasida talash bo‘lmoqda.

Tecno

26 yoshli o‘yinchining shartnomasi 2026 yilning 30 iyun kuni tugaydi. Mersisaydliklar uni “Enfild”da qolishga ko‘ndira olmadi.

“Real” anchadan beri Konateni nishonda ushlab turibdi. Madridliklar xuddi Trent Aleksander-Arnold bilan bo‘lganidan Ibrohim bilan ham oldindan transferni kelishib qo‘ymoqchi bo‘lyapti. “Qirollik klubi” Konateni kelasi yoz erkin agent sifatida o‘z jamoasiga qo‘shib olmoqchi.

Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, Konate uchun kurashga “Barselona” qo‘shildi. Kataloniya klubi xo‘jayinlari Ibrohim germaniyalik murabbiy Xans-Diter Flik amalga oshirayotgan loyihaga ideal darajada mos, degan xulosaga keldi.

Demak, “Real” va “Barsa” nafaqat futbol maydonida, balki undan tashqarida ham o‘z maqsadlariga erishish uchun jiddiy raqobat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!