“Barsa” Angliyadan o‘z o‘yinchisini qaytarmoqchi

  • 23 avgust, 2022, 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes o‘ng qanot himoyasiga yangi o‘yinchi qidiryapti. Ispaniyalik mutaxassis transferi qiyinlashib borayotgan “Vilyarreal” vakili Xuan Foyt va “Borussiya” futbolchisi Toma Myone o‘rniga kataloniyaliklar akademiyasida tarbiyalangan Ektor Belerinni olishga qaror qildi.

Tecno

27 yoshli himoyachi ayni paytda “Arsenal” o‘yinchisi hisoblanadi. Lekin “kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘z hamyurtini asosiy tarkibga kiritmayapti.

Belerin o‘tgan mavsumni ham “Betis” safida yakunladi. Himoyachining o‘zi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Londondan ketishga qaror qilgan.

Belerin 2011 yili “Barselona”ni tark etib, “Arsenal”ga o‘tib ketgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!